"Roma" "Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodovga qiziqmoqda. Bu haqda "Match TV" xabar berdi. Ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi uchun 14 million yevro taklif etilmoqda. Futbolchining xatti-harakatlari va o‘yin uslubi Mourinyuning shaxsan o‘ziga manzur kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda "Manchester Yunayted"ning o‘sha paytdagi ustozi Joze Mourinyu Moskvaga kelganida "Rostov" forvardi Eldor Shomurodov bilan ko‘rishgandi. Ularni hamyurtimizning agenti German Tkachenko tanishtirib qo‘ygan.
"Osiyo Kubogidan so‘ng "Rostov"ga qaytdim va "Lokomotiv"ga qarshi 69 daqiqa o‘ynadim. Shundan so‘ng murabbiylar shtabi menga kichik ta’til berdi. Keyin Moskvada xokkeyga tashrif buyurgan Mourinyu bilan uchrashib qoldim. U agentim German Tkachenkoning tanishi ekan. Restoranga kelsam, Tkachenko bilan kimsan Mourinyu o‘tiribdi. Uni dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri deb hisoblayman. Balki shuning uchun bo‘lsa kerak, "Manchester Yunayted" emas, "Chelsi"ga muxlislik qilaman (kuladi)", – degan edi Shomurodov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi