
"Navbahor" Superliganing 12-turida o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qildi va so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol evaziga alamli mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvdan so‘ng "lochinlar" yarim himoyachisi Azim Ahmedov "Instagram"dagi sahifasi orqali uni qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi va jamoa bilan xayrlashganligi haqida yozib qoldirdi.
"Muxlislardan bugungi o‘yin uchun uzr so‘rayman. Bizni kechirasizlar, aziz muxlislar, mening mehnatlarimdan rozi bo‘linglar. Menga muxlislik qildinglar, qo‘llab-quvvatladinglar katta rahmat. Men sardorlikni ham topshirdim. Bizning mehnatlardan rozi bo‘lishmadi, mayli. Sog‘ bo‘linglar, "Navbahor" chempion bo‘lsin", - dedi Ahmedov.
Bir necha daqiqa o‘tgach, futbolchi ushbu postni o‘chirib yubordi. Hozircha uning namanganliklar safini rasman tark etganligi haqida xabarlar yo‘q.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar