16:02 / 05.07.2021
6 911

"Paxtakor"ning rejalari qanday?


"Lokomotiv" bilan o‘yindan keyin "Paxtakor"ning asosiy tarkib a’zolariga 5 kunlik ta’til berildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik boshlanishidan avval murabbiylar shtabi 5 kunlik qisqa ta’tilga chiqqan futbolchilar bilan shanba kuni yig‘iladi. Jamoa vakillari shu kuni yana mashg‘ulotlarga qaytib, hozirlik ko‘rishni boshlashadi.

Navbatdagi rasmiy bellashuvni "sherlar" 31 iyul kuni "Bunyodkor"ga qarshi Superliga doirasida o‘tkazadi.
Piter Xyuistra shogirdlari Superliganing ortda qolgan 12 o‘yinida 32 ochko to‘plab, tanaffusga peshqadam sifatida yo‘l oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor"ning rejalari qanday?