10:15 / 06.07.2021
2 223

Farrux Ikromov: "Hammaga ham birdek yoqishning iloji yo‘q"


Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Superliganing 12-turida "Surxon"ni yirik 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuvda jamoaning tezkor futbolchilaridan biri Farrux Ikromov dubl qayd etdi hamda jamoadoshining bitta goliga assitentlik qildi. Yakunda futbolchi saytimiz tomonidan tur ramziy terma jamoasiga kiritildi va 12-turning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Biz esa Farrux Ikromovning fikrlarini tingladik.

"Surxon" yaxshi jamoa. Lekin shu kuni omad biz tomonda bo‘ldi, deb o‘ylayman. Avvalgi uchrashuvlardan farqli ravishda yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalandik. Bizga g‘alaba suv va havodek zarur edi. "Qizilqum" bilan bahsdagi mag‘lubiyatdan so‘ng ochkolarimiz va turnir jadvalidagi o‘rnimizni yaxshi, deb bo‘lmasdi. "Surxon"ni mag‘lubiyatga uchratib bu boradagi ko‘rsatkichlarimizni biroz bo‘lsada, yaxshilab oldik.

Superligada hech bir jamoa oson o‘yin berayotgani yo‘q. Raqiblar ham biz kabi astoydil kurashmoqda. Har bir jamoa kuchli tomonidan foydalanyapti. Navoiydagi mag‘lubiyat bizga va murabbiyimizga juda qattiq ta’sir qilgandi. Shu bois g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq va xohish ikki karra yuqori edi.

Har bir futbolchi o‘yindan o‘yinga o‘sib boradi. Hammaga birdek yoqishning iloji yo‘q. Lekin maydonda imkoniyatim boricha o‘ynamoqdaman. Kamchiliklarimni to‘ldirishga harakat qilaman. Xatolarim ustida ishlashdan to‘xtamayman", - deydi Farrux Ikromov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Farrux Ikromov: "Hammaga ham birdek yoqishning iloji yo‘q"