2 062
O‘FA angliyalik mutaxassislar bilan futbol mahorat maktablari faoliyatiga oid uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov O‘zbekistondagi birinchi ingliz futbol akademiyasi hisoblangan “Brooke House College Football Academy” mutaxassislari bilan uchrashdi.
"Ingliz futbol akademiyasi vakillari xalqaro talab va standartlar asosida yurtimizda yosh futbolchilarni tayyorlashda Angliya tizimini amalga tadbiq etish, o‘quv-mashq jarayonlarini samarali tashkillashtirish va musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha faoliyat olib borilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Angliyalik mutaxassislar O‘zbekistondagi futbol mahorat maktablarini yangi bosqichga ko‘tarish, yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.
Shuningdek, 2021-2022 o‘quv yili avvalida O‘zbekistondagi barcha umumta’lim, sport va futbol mahorat maktablarida futbolga qiziquvchi yosh o‘quvchilar o‘rtasida seleksiya ishlarini amalga oshirish, turli xil futbol festivallarini birgalikda tashkillashtirish kabi masalalar muhokama etildi.
Ravshan Ermatov angliyalik mutaxassislarga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bildirilgan takliflar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishdan mamnun ekanligini bildirdi", – deya xabar berdi O‘FA matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi