Xabaringiz bor, bugun Yaponiyaning Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Olimpiada startiga bir kun qolganda O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari o‘zgartirildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) bosh kotibi Oybek Qosimov ma’lum qildi.
Qosimovning aytishicha, bayroqdorlarimiz taekvondochi Nigora Tursunqulova va bokschi Bahodir Jalolov bo‘ladi.
"XOQ tavsiyasiga ko‘ra, har bir davlatdan bir ayol va bir erkak nomdor sportchi bayroqdor bo‘ladi. O‘zbekiston bayroqdorlarini tanlashda avvalambor har bir sport turi bo‘yicha musobaqalar jadvali, qolaversa barcha delegatlar va sportchilarning fikrini inobatga olgan holda, bu vazifa bokschi Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulovaga ishonib topshirildi", - dedi MOQ bosh kotibi.
Avvalroq MOQ Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonning bayroqdorlari badiiy gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobousmon Boturov bo‘lishi haqida ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?