21:30 / 23.07.2021
2 754

Iroq federatsiyasi Keyrushga 1,75 million dollarlik taklif yubordi


JCH-2022 saralash bahslarining uchinchi bosqichida o‘ynaydigan Iroq terma jamoasiga yangi bosh murabbiy qidirilayotgani haqida xabar bergandik.

Ma’lum bo‘lishicha, Iroq futbol federatsiyasi mashhur murabbiy Karlush Keyrush bilan muzokaralarni boshlab yuborgan hamda portugaliyalik mutaxassisga 1,75 million dollarga mo‘ljallangan bir yilik shartnoma taklif qilgan.

Keyrush bu borada biroz o‘ylab ko‘rish lozimligini aytgan va Iroq FFdan vaqt so‘ragan. Agar muzokaralar ijobiy yakun topsa, tez orada Karlush Keyrush Iroq milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanadi.

Terma jamoani JCH saralash ikkinchi bosqichidan olib chiqqan Srechko Katanes oxirgi besh-olti oydan beri maosh olmayotgani uchun Iroqni tark etayotganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Iroq federatsiyasi Keyrushga 1,75 million dollarlik taklif yubordi