
Foto: Getty Images
Boks bo‘yicha -75 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Fanat Qahramonov 26 iyul kuni Tokio—2020 Olimpiadasidagi ishtirokini boshladi.
Qahramonov gruziyalik Giorgi Xarabadzega qarshi ringga ko‘tarildi. Birinchi raund to‘liq o‘zbekistonlik bokschining ustunligi ostida o‘tdi. Ikkinchi raundning so‘nggi daqiqasida Xarabadze jarohat oldi va jang to‘xtatildi.
Shu tariqa Fanat g‘olib deb topildi va 1/8 finalga chiqdi. Qahramonov 29 iyul kuni qozog‘istonlik Abilxan Amankulga qarshi jang qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar