14:37 / 29.07.2021
2 899

Davron Fayziyev Eldor Shomurodovning "Roma"ga o‘tayotganiga o‘z munosabatini bildirdi


Oxirgi kunlarda "Roma" va Eldor Shomurodov mavzusi tinmayapti. Hamyurtimiz rimliklar safiga o‘tdi degan xabarlar ko‘paydi. Ushbu ma’lumotlarga taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev telegramdagi sahifasida o‘z munosabatini bildirdi.

- Eshitgandirsiz, Eldor Shomurodov yaqin vaqt ichida Rimning "Roma" klubiga ijaraga o‘tishi mumkin. "Jenoa" bilan muzokaralar boshlangan va ijara shartlari kelishib olinmoqda. Kelishishsin. "Jenoa"mizni hurmat qilgan holda aytish kerak, "Roma" bu umuman boshqa daraja.

Skudetto va Yevrokuboklarga ko‘z tikkan ambitsiyali klub. Katta tarix, yuksak afsonalar jamoasi. Kelajakka urg‘u beryapti. Joze Mourino bosh murabbiy etib tayinlandi. Portugaliyalik yulduz-murabbiy esa qarigan Jeko va formasini yo‘qotgan Mayoral bilan hujumda ko‘p narsaga erishib bo‘lmasligini bilyapti. Eldor va Azmun variantlari ko‘rib chiqilmoqda.

Shoma uchun Mour bilan ishlash yuksak tajriba bo‘ladi. Uning yoshlikdagi sevimli hujumchisi Dide Drogbani aynan Mour kashf qilgan. Umuman bu mutaxassisda talay forvardlar ochilgan. Drogba, Milito, Benzema, Balotelli. O‘ylaymanki, Shomurodovda bu ro‘yxatga qo‘shilish uchun hamma ko‘rsatkichlar bor. Muhimi kelishuv amalga oshsin, mayli ijara bo‘lsa ham, - dedi Davron Fayziyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev Eldor Shomurodovning "Roma"ga o‘tayotganiga o‘z munosabatini bildirdi