
«Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov ijara asosida «Jenoa»dan «Roma»ga o‘tishga yaqin turibdi. «Match TV» nashrining xabariga ko‘ra 26 yoshli o‘zbekistonlik futbolchining Rim klubidagi yillik maoshi 2 million yevroni tashkil qiladi.
Avvalroq italiyalik taniqli insayder Nikola Skira Shomurodovning transfer summasi 16 million yevro bo‘lishini va «Roma» u bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashi haqida xabar bergandi. Shuningdek, shartnomada genuyaliklar futbolchining kelgusi transferidan ma’lum miqdorda ulush olishi ham ko‘rsatilgan.
Shomurodovning ijarasi rimliklarga 2,5 million yevroga tushadi. Agar «Roma» kelasi mavsumda Chempionlar Ligasiga chiqsa, shartnomadagi futbolchini sotib olish bandi faollashadi.
Eldor ShomurodovJenoa RomaTransfer SummasiYillik MaoshChempionlar LigasigaItaliyalik Taniqli O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar