Eldor Shomurodov Portugaliyaga yo‘l oladi

2 daqiqa o'qish5.2K
Eldor Shomurodov Portugaliyaga yo‘l oladi
“Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodovning “Roma”ga transferi bo‘yicha vaziyat tobora oydinlashib bormoqda.
Xorij ommaviy axborot vositalari “Jenoa” va “Roma” o‘zbek hujumchisining transferi bo‘yicha barcha detallarni hal qilib bo‘lgani haqida bong urayotgan bo‘lsa-da, hali bu transfer rasman e’lon qilingani yo‘q.

Italiya futbolini yorituvchi www.calciomercato.com  saytining yozishicha, Eldor Shomurodov dushanba kuni Rim shahriga kelishi kutilmoqda. Shu kuni hamyurtimiz o‘zining yangi klubi bilan shartnomaga imzo chekadi va ushbu transfer rasman e’lon qilinadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Eldor Shomurodov rasmiy shartnoma imzolash marosimidan keyin Portugaliyaga yo‘l olishi rejalashtirilgan. Joze Mourino jamoani yangi mavsumda o‘z yurtida tayyorlashni ma’qul topdi va kuni kecha “bo‘rilar” o‘rtoqlik uchrashuvida “Portu” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Agar favqulodda o‘zgarish ro‘y bermasa, Eldor Shomurodov “Roma” safiga Portugaliyada qo‘shiladi va mavsumga tayyorgarlikni o‘sha yerda davom ettiradi.

Ayni paytda Italiya futboli ekspertlari o‘zbek hujumchisining kelishi bilan “Roma” o‘yin uslubida qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkinligi haqida tahlil va taxminlarini ilgari surmoqda.

Italiyaning www.gazzetta.it sayti eksperti Kyara Dzukkellining yozishicha, Shomurodovning qo‘shilishi “bo‘rilar” hujumini o‘zgarishiga olib keladi. Uning tahliliga binoan Eldor Shomurodov asosiy tarkibga kirish uchush bosniyalik Edin Jeko, ispaniyaliklar – Borxa Mayoral, Karles  va o‘z vaqtida Italiya terma jamoasida porlagan Stefan El-Shaaravi bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, tarkibda jahon va Yevropa chempioni Pedro Rodriges borligini ham unutmaslik kerak.

Mutaxassisning fikricha, Joze Mourino oldingi chiziqda Edin Jeko va Borxa Mayoral bilan birga Eldorning xizmatidan ham foydalanishi kutilmoqda. Bu ko‘p jihatdan portugaliyalik murabbiyning qaysi taktik sxemani qo‘llashiga bog‘liq.

Agar Mourino 4-4-2 sxemasidan foydalansa, ko‘proq yoshi o‘tib qolgan Jekoga dam berib, maydonda Shomurodov-Mayoral tandemini o‘ynatadi.

Yana bir variant bor. Agar “Roma” 4-2-3-1 sxemasini qo‘llasa, Shomurodov armanistonlik Genrix Mxitaryan o‘rniga hujumkor futbolchi vazifasini bajarishi mumkin ekan. Bu vaziyatda Joze Mourino jismonan kuchliroq futbolchilarga tayanishi asos qilib keltirilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlanishicha, ko‘p narsa jamoa hujumchilarining mavsumoldi yig‘inida va yozgi transferlar oynasi yopilguncha bo‘ladigan davrda o‘zini qay tomondan ko‘rsata olishigi bog‘liq. Chunki Joze Mourino o‘ziga ma’qul kelmay qoladigan futbolchilar bilan osonlikcha xayrlashishga tayyorligi aytilmoqda.

Nima bo‘lgan taqdirda ham Eldor Shomurodov yangi jamoasida yangi imkoniyatga ega bo‘lishi aniq. Har holda yangi mavsum hujumchimiz uchun muhim palla hisoblanadi. U debyut mavsumdagi muvaffaqiyatlar tasodif emasligini yana bir karra isbotlab qo‘yishi va har qanday kuchli jamoada ham o‘z o‘rnini topa olishini ko‘rsatishi shart.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?