“Chelsi” yozda tarkibda katta tozalash ishlarini amalga oshiradi. Bosh murabbiy Tomas Tuxel klubni tark etishi kerak bo‘lgan o‘n nafar futbolchi ro‘yxatini rahbariyatga tadbiq etdi.
Aslida “Chelsi” Angliyada eng ko‘p o‘yinchisini ijaraga beradigan klub hisoblanadi. Biroq, UYEFA bir mavsumda boshqa jamoalarga ijaraga beriladigan futbolchilar soniga cheklov joriy qilganidan keyin “aristokratlar” bir guruh o‘yinchilarini butunlay qo‘yib yuborishga majbur bo‘lmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Tuxel asosan himoyaviy o‘yin ko‘rsatadigan futbolchilardan voz kechmoqda. Birinchilardan bo‘lib, dunyoning eng qimmat darvozaboni Kepa Arrisabalaga ketishi kerak. Shuningdek, Kurt Zuma, Markos Alonso, Emerson Palmiyeri, Davide Dzappakosta kabi himoyachilar ham o‘ziga yangi jamoa topishi shart.
Tuxelga maydon markazi vakillari orasidan Ross Barkli, Denni Drinkuoter va Temue Bakayoko ham kerak emas. Maraziy hujumchilardan Temmi Abraxam va Mishi Batshuayi agentlari o‘z mijozlariga yangi ish joyi qidirishni boshlab yubordi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi