Coca-Cola Superliganing 14-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - AGMK (1:1) uchrashuvidan so‘ng olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Ikki xil bo‘lim o‘tkazdik. Birinchi bo‘limda har ikki jamoa ehtiyotkorlik bilan harakatlandi. Ko‘rinib turgandi, ikkinchi bo‘limda jamoalar g‘alaba uchun maydonga chiqishdi. Ochiq futbol ko‘rdik, durang adolatli natija bo‘ldi. Ikkinchi o‘yinda durang o‘ynayapmiz. Buyog‘iga yana ishlaymiz, keyingi o‘yinda "Nasaf" bilan yanada qiziqarli bahs kutib turibdi.
- Darvoza tomon zarbalar asosan uzoq masofadan yo‘llandi. Jamoa ikkinchi aniq zarbasida gol urdi. Boshqa aniq zarba bo‘lmadi. AGMKning hozirgi holati shundaymi?
- Yo‘q, hozir aytib o‘tdim, 5 ta himoyachiga qarshi yorib kirish qiyin. Himoya juda zich joylashgan. Shu sabab shunaqa vaziyatda qiynaldik. Qolaversa Yevropa chempionati ham shuni ko‘rsatdi, shundan so‘ng ko‘p jamoalarimiz 5 ta himoyachi uslubiga o‘tib olishdi. Futbol shunisi bilan ham qiziq. Muammolarni bartaraf etish ustida ishlaymiz.
- Himoya chizig‘i xatoliklarga yo‘l qo‘ydi. Aytib o‘tganingizdek, 5 ta himoyachi uslubiga o‘tishni istamaysizmi?
- Bu uslubda ham o‘ynaganmiz. Lekin bu sxema qarshi hujum uslubi hisoblanadi. Har doim ham naf keltirmaydi. Biz hujumga ko‘proq futbolchi joylashtirishni istaymiz. Mehmonda kuchli jamoalarga qarshi shunday uslubda o‘ynasa bo‘ladi. Rejada bu sxema ham bor.
- "Bunyodkor"da raqobat keltira oladigan jamoa tuzgansiz. AGMK bilan ham kuchli jamoa shakllantirdingiz. "Paxtakor" bilan masofa qisqarmayotganiga nima sabab deb o‘ylaysiz?
- Harakat qilayapmiz, "Bunyodkor"da ishlaganimda rahbariyatga aytgandim. Olmaliqdagi maydon dastlab qurilganida 30 foiz sun’iy, 70 foiz tabiiy maydon edi. Yillar o‘tib nasibamizni qo‘shgan ekan, ishlayapmiz. Maqsad har doim olg‘a intilish. Farqi "Bunyodkor" akademiyasida futbolchilarni yetkazib berish boshqacha. Shu ishni Olmaliqda ham amalga oshirishimiz kerak, chunki mahalliy xalq futbolni juda yaxshi ko‘radi. Ana o‘sha yerdan futbolchilar yetishib chiqsa, "Paxtakor" bilan ochkolar farqi ham albatta qisqaradi.
- O‘yin davomida ko‘p qo‘pollik ishlatildi. Bu o‘yinning borishiga qanday ta’sir ko‘rsatdi deb o‘ylaysiz? Hakam ham qo‘pollik uchun ko‘p hushtak chaldi...
- Hakam ko‘p vaziyatlarda o‘ynashga berdi. Ikkita jamoa ham g‘alaba uchun chiqqan, shu sabab kurashlarga boy bo‘ldi. Shu sabab o‘yinda qo‘polliklar yuzaga keldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...