23:20 / 08.08.2021
1 961

Ulug‘bek Baqoyev: "Navbahor" hali ko‘p jamoalarning "qonini ichadi"


Superliganing 14-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Navbahor" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirdi.

"Navbahor" jamoasining o‘yin uslubi 180 gradusga o‘zgardi, anchagina ishonchli harakat qilishdi. Kurashlarga boy o‘yin bo‘lishini kutgandik. Yigitlarimni g‘alaba bilan tabriklayman, "Navbahor"ga esa keyingi bahslarda omad tilayman", - deydi Baqoyev.

- "So‘g‘diyona" hisobni ochgach asosan himoyalandi, bunga raqib sababmi yoki shunday ko‘rsatma bo‘ldimi?
- Yo‘q, bunday ko‘rsatma bo‘lmadi, bu psixologiya bilan bog‘liq. Oldinga o‘tish va pressing qilish kerakligini aytdim. "Navbahor" gol o‘tkazgach 2-3ta vaziyat yaratdi, ammo to‘p kirita olmadi.

- "Navbahor" bugun ancha kuchli o‘yin ko‘rsatdi...
- Tarkibga bir qator yangi futbolchilar va murabbiylar kelishdi. Ularning maqsadlarini bilamiz va jamoa ancha tezkor harakat qildi. O‘ylashimcha "Navbahor" keyingi o‘yinlarda ko‘plab jamoalarning "qonini ichadi".

- Hakamlikdan qoniqdingizmi?
- To‘g‘risi hakamlarni muhokama qilga haqqim yo‘q.

- Nima deb o‘ylaysiz hakam bahsli vaziyatlarda VAR'dan ko‘proq foydalanish kerakmidi?
- Birinchi taymda u VAR'ga ko‘p murojaat qildi. Birinchi taymda 6-7 daqiqa ko‘p o‘ynadik.

- Bugun "So‘g‘diyona" ko‘proq hujumkor o‘yinchilarni maydonga tushirdi. Bu aynan "Navbahor" uchun tanlangan taktikamidi?
- Agar oldingi 4ta o‘yinga qaraydigan bo‘lsak umuman gol ura olmadik va g‘alaba qozona olmadik. Shu bois bugun gol urishga va nihoyat g‘alaba qozonishga urindik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "Navbahor" hali ko‘p jamoalarning "qonini ichadi"