
“Qo‘qon-1912” – “Turon” (2:2) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, yaypanliklar ustozi Igor Shkvirin matbuot anjumanida qatnashdi.
- Bugun jangovor o‘yin bo‘lishini bilardik. Chunki Qo‘qon derbisi bo‘ldi. Futbolchilarim maydonda borini berib o‘ynadi. Shu tomonlama ularga e’tirozim yo‘q. Natijaga keladigan bo‘lsak, 2:1 hisobida g‘alaba qozonayotganimizda 8 daqiqa qolgandi.
Shuning uchun hisobni ushlab qola olmaganimizdan biroz xafamiz. Pastdagi pog‘onalarda turgan jamoalarda raqobat yaxshi. Chunki har bir uchrashuvda ochko olinyapti.
Natijadan qoniqmadim demoqchi emasman. Chunki har bir ochko oltinga teng. Bugungi o‘yinda qo‘qonliklarda ham imkoniyatlar bo‘ldi. Biz o‘zimizga qiyinchilik tug‘diryapmiz. Abdurashidovga bir oydan beri o‘yin qoidasini buzma, deb ta’kidlab kelyapmiz. Yana qoida buzdi, jarima to‘pidan gol o‘tkazdik.
Darvozabonlarga kelsak, xatolar bo‘ldi. Lekin bizni goldan qutqarib qolgan vaziyatlar ham bo‘ldi. Xatolar ustida ishlashyapti. Gollarda darvozabonni ayblamayman.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar