
Xabaringiz bor, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litvada o‘tadigan 2021 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadi.
Futzal terma jamoamiz 14 avgust sanasida Toshkentdagi mashg‘ulotlarni yakunlab, Madrid va Portu shaharlarida o‘tadigan xorijiy yig‘inga yo‘l oladi.
Futzalchilarimiz mazkur yig‘inlar davomida Ispaniya, Portugaliya, Argentina kabi dunyoning yetakchi terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi. Shundan so‘ng, vakillarimiz jahon chempionatida ishtirok etish uchun Litva poytaxti Vilnyus shahriga yetib boradi.
Mundial safari oldidan O‘FA majlislar zalida bosh murabbiy Bahodir Ahmedov hamda futzalchilar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjuman 12 avgust kuni soat 14:00da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing