Foto: Sportskeeda
Sakkizta vazn bo‘yicha boks sobiq chempioni Menni Pakyao va WBC va IBF yo‘nalishlari chempioni Errol Spens o‘rtasidagi jang bekor qilindi. Bu haqda «CBS» xabar berdi.
Jangning bekor qilinishiga Errol Spensning ko‘zidan olgan jarohati sabab bo‘lgan. Filippinlikning keyingi raqibi tajribali Yordenis Ugas bo‘lishi kutilyapti.
«Men jangni intiqlik bilan kutayotgandim. Afsuski, shifokorlar chap ko‘zimdagi jarohatni operatsiya qilishim kerakligini va bu holatda ko‘zlarim bilan kurashishning iloji yo‘qligini aytishdi. Afsusdaman», — degan Errol Spens.
«Birinchi navbatda men hammadan Errol Spensning to‘liq sog‘ayib ketishi uchun ibodat qilishlarini so‘rayman», — dedi Pakyao.
Spens - Pakyao o‘rtasidagi boks kechasi 21 avgust kuni Las-Vegas shahrida o‘tkazilishi kerak edi. Pakyao so‘nggi jangida (2019 yil) Kit Turmanni mag‘lub etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...