O‘zbekiston milliy terma jamoasida sloveniyalik Srechko Katanes ish boshlashi kutilmoqda.
Srechko Katanes - 1963 yil 16 iyul kuni sobiq Yugoslaviyaning Lyublyana shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini "Lyublyana" klubida boshlagan. 1981-1988 yil oralig‘ida "Olimpiya", "Dinamo" va "Partizan" klublarida faoliyat olib borgan. 1988 yilda "Shtutgart"ga ko‘chib o‘tgan va bir mavsum o‘ynagan. Ushbu klub safida UYEFA Kubogi finaliga chiqqan.
Keyingi yil Italiyaning "Sampdoriya" klubiga o‘tgan va bu jamoa safida Italiya chempioni bo‘lgan, kubogi va Superkubogi sohibiag aylangan. Shu bilan birga Kubok egalari kubogi g‘olibi bo‘lgan. 1991/1992 yilgi mavsumda Katanes "Sampdoriya" bilan birga Yevropa Chempionlar kubogiining so‘nggi finalida ishtirok etgan va unda "Barselona"ga imkoniyat boy berilgan - 0:1. U 1983-1990 yillarda Yugoslaviya terma jamoasi safida 31ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan. 1994 yilda Sloveniya terma jamoasi tarkibida 5ta uchrashuvda 1ta gol urgan.
Futbolchilikni tugatgach, 1996 yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan va dastlabki Sloveniya U-21 terma jamoasida ishlagan. Keyinroq mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyiga aylangan va 2000 yil Sloveniyani o‘z tarixida ilk bor Yevropa chempionatiga olib chiqqan. Ikki yildan so‘ng aynan Katanes qo‘l ostida Sloveniya o‘z tarixida birinchi marta Jahon chempionatiga chiqqan! Mundialda uchala o‘yinda yutqazgach Katanes iste’foga chiqarilgan.
Keyinroq murabbiy Gretsiyada "Olimpiakos"ni boshqardi, 2006-2009 yillarda Makedoniya milliy terma jamoasida ishladi. 2009 yilda Srechko Osiyo qit’asiga keldi va BAA milliy terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Arablar bilan Qatardagi Osiyo kubogi final bosqichiga chiqqan Katanes 2011 yil kuziga qadar shu yerda ishladi. Aynan OK-2011 saralashida Katanes ilk bor O‘zbekiston terma jamoasi bilan to‘qnash kelgan. Toshkentda Katanes boshchiligidagi BAA so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga zafar quchgan - 1:0. Bu haqda saytimizda alohida maqola ham yozilgan edi.
BAAdan ketgach qahramonimiz yana Sloveniya terma jamoasi boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi. Biroq birinchi safargidek ajoyib natijalar qayd etilmadi. Sloveniya JCH-2014ga ham, Yevro-2016ga ham chiqa olmadi. Katanes 2017 yil so‘nggida terma jamoani tark etdi va 2018 yil sentabr oyigacha ishsiz yurdi.
4 sentabr kuni Katanes Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi va 2021 yil iyul oyiga qadar shu yerda ishladi. Iroq ushbu murabbiy qo‘l ostida Osiyo Kubogida nimchorak finalga chiqdi va bo‘lajak chempion Qatarga yutqazib qo‘ygan - 0:1.
JCH-2022 saralashi ikkinchi bosqichida Iroq 8ta o‘yinda 17 ochko to‘plab hal qiluvchi bosqichga yo‘l oldi. Biroq moliyaviy muammolar sabab shartnoma bekor qilindi. Katanes Iroq xalqiga maktub yo‘lladi va barchasini ma’lum qildi.
"Vaziyatdan hammangiz xabardorsiz. O‘tgan besh-olti oydan beri maosh olmasdan ishlab keldim va bu vaqt oralig‘ida menga hech kim hech narsa demadi. Natijada men shartnomani buzishga qaror qildim. Aslida shartnomani buzgan men emas, balki Iroq futbol federatsiyasi, chunki vaziyat meni shunday yo‘l tutishga majbur qildi. Federatsiya o‘zaro shartnomani hurmat qilmadi", - deb yozgan Katanes o‘z xatida.
Iroqlik jurnalist Hassanin Mubarakning yozishicha, federatsiya ataylab sloveniyalik murabbiyni ketkazish maqsadida besh oy maosh bermagan. Bunga sabab Srechko Katanetsning nihoyatda talabchanligi hamda sal narsaga federatsiya rahbarlari bilan tortishuvchanligi bo‘lgan. Tabiiyki bu narsa rahbarlarga yoqmagan va ular tezroq murabbiydan qutulish payida bo‘lgan.
Endi Srechko Katanes O‘zbekiston terma jamoasida ishlaydi. Uning oldidagi dastlabki vazifa Osiyo Kubogiga yo‘llanma olish. Agar barchasi muvaffaqiyatli kechsa xuddi Sloveniya kabi O‘zbekistonni ham o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga olib chiqish ham Katanes uchun oliy maqsad bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...