13:00 / 16.08.2021
3 319

Shomurodovni qo‘yib yuborgan “Jenoa” yana bir osiyolik futbolchini olyapti

Shomurodovni qo‘yib yuborgan “Jenoa” yana bir osiyolik futbolchini olyapti
Eldor Shomurodovni “Roma”ga transfer qilgan “Jenoa” yangi mavsum oldidan o‘z tarkibiga yaponiyalik Yuto Nagatomoni qo‘shib olmoqchi.

Tajribali himoyachi ayni paytda erkin agent hisoblanadi va yangi ish joyi topish uchun “Jenoa” safiga qo‘shilishga qarshi emas. Nagatomo o‘tgan mavsumda “Marsel” sharafini himoya qildi va Fransiya chempionatida 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

“Jenoa” osiyolik o‘yinchiga bir yillik bitim taklif qildi.

Nagatomo uchun A Seriya begona emas. U faoliyati davomida “Chezena” va “Inter” jamoalari sharafini himoya qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovni qo‘yib yuborgan “Jenoa” yana bir osiyolik futbolchini olyapti