Katanetsga MTJ murabbiylar shtabida kimlar ko‘maklashadi?

Katanetsga MTJ murabbiylar shtabida kimlar ko‘maklashadi?
Bugun Srechko Katanets O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida e’lon qilindi. O‘FA ma’lumotiga ko‘ra, Katanets bilan 2025 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolangan. Katanets bilan birga murabbiylar shtabida yana besh nafar xorijlik mutaxassis ish olib boradi.

Bosh murabbiy: Srechko Katanets
Yordamchi murabbiylar: Alesh Chex va Vlado Radmanovich
Jismoniy tayyorgarlikka javobgar murabbiy: Martin Magister
Darvozabonlar murabbiyi: Nihad Peykovich
Fizioterapevt: Ian Katanets.
Katanets ushbu lavozimda O‘zbekistonni 2022 yilgi Jahon chempionatining 3-saralash bosqichiga olib chiqa olmagan Vadim Abramovning o‘rnini egallaydi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar