19:27 / 29.08.2021
2 439

Kanchelskis nima sababdan "Navbahor" ustidan yozgani haqida gapirdi

Kanchelskis nima sababdan "Navbahor" ustidan yozgani haqida gapirdi
"Navbahor"ning sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis nima sababdan Namangan klubini sudga bergani haqida gapirdi.
- Nima sababdan shartnoma bekor qilindi?
- Birinchi navbatda bu futbolda bo‘ladigan oddiy ish, ikkinchisi - insoniylik faktori. Hech qachon seni boyitmaydigan, pulingni bermaydigan joyda ishlamasliging kerak. Sabr ham tugaydi. Shuningdek, klubda ishlayotgan noprofessional insonlar ham bunga sababchi bo‘lishdi. Ular bilan doim bahslashib, so‘kishib ham bo‘lmaydi. Futbolga taalluqli bo‘lmagan insonlarga nimanidir isbotlash qiyin. "Navbahor" muxlislariga, Namangan xalqiga achinaman. Ular bunday rahbariyatga loyiq emaslar.

- Noprofessionallar kim?
- Oddiy biznesmenlar, ular qaysidir yo‘l bilan klub tizimiga kirib qolishgan. Rossiyada ham shunday holatlar bo‘lib turadi. Umuman boshqa sohadan kirib kelib, futbol mutaxassislariga aylanishadi. O‘z vaqtida "Volga"ga beshkurashchi Svatkovskiy kelib, futbolchilarga qanday yugurish kerakligini ko‘rsatgandi. Hamma o‘z ishini tushunishi va ishini qilishi kerak.

- Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar sizni alkogol ko‘p iste’mol qilganlikda ayblashdi. Bu juda achinarli holat.
- Albatta, bahona ham kerak bo‘ladi. Menimcha ular Romashenkoning so‘zlaridan o‘rnak olishgan. Men doim "Navbahor" bazasida yashaganman va xalq ko‘z o‘ngida bo‘lganman. Men bilan ishlagan biror futbolchi buni asosiy sabab qilib ko‘rsata olmaydi. Tuxmatni yomon ko‘raman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kanchelskis nima sababdan "Navbahor" ustidan yozgani haqida gapirdi