07:30 / 01.09.2021
1 972

Xoland kimni dunyoning eng kuchli himoyachisi deb hisoblashini aytdi

Xoland kimni dunyoning eng kuchli himoyachisi deb hisoblashini aytdi
Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Erling Xoland kimni eng kuchli himoyachi deb hisoblashi borasidagi savolga javob berdi.
"Menimcha, eng yaxshi himoyachi - Virjil van Deyk. U hozirda mudofaada barchadan zo‘r. Mening tanlovimni ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlashiga aminman. Virjil tez, kuchli va juda aqlli," - deydi norvegiyalik futbolchi.

Van Deyk Mersisayd jamoasida 2018 yilning yozidan beri harakat qiladi. "Liverpul" himoyachi uchun "Sautgempton"ga 80 million yevrodan ortiq to‘lagan.

Virjil jarohati sabab deyarli butun o‘tgan mavsumni o‘tkazib yubordi. Bu jarohat himoyachining Yevro-2020ga borishiga ham yo‘l qo‘ymadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xoland kimni dunyoning eng kuchli himoyachisi deb hisoblashini aytdi