13:48 / 04.09.2021
1 207

Andrey Shevchenko nima uchun Ukraina terma jamoasidan ketganini ma’lum qildi

Andrey Shevchenko nima uchun Ukraina terma jamoasidan ketganini ma’lum qildi
Andrey Shevchenko matbuot anjumanlaridan birida nima uchun Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimidan ketgani haqida gapirdi.
"Terma jamoa bilan ajoyib besh yilni o‘tkazdik va bundan zavq oldik. Biz bir jamoaga aylangandik. O‘ylaymanki, barchada men va murabbiylar shtabi terma jamoa bilan shartnomani uzaytirmagani haqida savollar bor.

Yevro-2020dagi mag‘lubiyatdan keyin biz terma jamoa bilan shartnomani uzaytirish qaroriga kelgandik. Kiyevga kelganidan so‘ng Ukraina futbol federatsiyasi prezidenti Andey Pavelko bilan uchrashdik va u ham bu haqida bilardi. U esa buni hozir muhokama qilishga tayyor emasligini aytdi. Men esa ta’tilga ketdim.

Keyin biz Yevro-2020 finalida uchrashdik va shartnoma uzaytirish borasida xech qanday gap-so‘z bo‘lmadi.

30 iyul kuni shartnoma muddati yakunlandi va men bu haqida ijtimoiy tarmoqda e’lon qildim. Men ketyapman demadim. Biz terma jamoada ishlashda davom etishni istagandik. Haqiqat shu
", - dedi Shevchenko.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Ukraina terma jamoasini Aleksandr Petrakov boshqarmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Andrey Shevchenko nima uchun Ukraina terma jamoasidan ketganini ma’lum qildi
[/banner_pushhouse