
"Inter"ning sobiq egasi Massimo Moratti ushbu mavsumda "Roma"da ish boshlagan Joze Mourinyu haqida gapirdi.
"Joze uchun xursandman. Bu uning va "Roma" muxlislari uchun ham katta imkoniyatidir. Mourino ishonchli ko‘rinmoqda. U barchani xursand qilishi mumkin. Joze bunga qodir.
U doimgidek g‘alabalarga erishishni istamoqda. Xursand va quvvatga to‘la. U birdaniga jamoasi A Seriya g‘olibligi uchun kurashadi deb ayta olmaydi. Bu ish qiyinligini barcha bilib turibdi. Menimcha, u ushbu mavsum 3 yoki 4-o‘rin bilan kifoyalanmasa kerak.
"Inter" menga yoqadi, biroq "Roma"... Bu haqida gapirmayman. Mourinyuning qaytishi A Seriya uchun qiziqarli voqelik bo‘ldi", - dedi Moratti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar