
Myunxen klubi rahbariyati yaqin kelajakda jamoaning asosiy to‘purari Robert Levandovski o‘rnini bosishga qodir hujumchi topdi.
“Bavariya” mutasaddilari “Zalsburg”ning 19 yoshli hujumchisi Karim Adeyemining transfer huquqini sotib olmoqchi. Germaniyalik iste’dod egasiga “Barselona” va “Liverpul”dan ham jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.
“Zalsburg” rahbariyati yosh futbolchini 20 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Karim Adeyemi joriy mavsumda Avstriya chempionatida oltita uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol urdi va bitta golli pas oshirdi. Shuningdek, kun kecha Germaniya terma jamoasi safida debyutini nishonlab, Armaniston darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Myunxen KlubiRobert LevandovskiKarim AdeyemiZalsburg HujumchisiAvstriya ChempionatiGermaniya Terma Jamoasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar