
"Milan"ning 39 yoshli hujumchisi Zlatan Ibragimovich intervyusida o‘z kuchiga ishonishini ta’kidladi.
"Oltin to‘p"ni olmaganimdan afsusdamanmi? Aksincha, "Oltin to‘p" menga nasib etmaganidan afsusda. Agar kuchli fazilatlar haqida gapiradigan bo‘lsam, Messi va Ronaldu mendan ortiq emas. Kuboklarni hisobga olsak, Chempionlar Ligasini qo‘lga kirita olmadim. Qaysi mezon bo‘yicha eng yaxshisi aniqlanishini bilmayman, biroq bunga befarq ham emasman. Umuman olganda, men dunyodagi eng yaxshi futbolchiman, deb o‘ylayman", — deydi Ibragimovich.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messida oltita, Krishtianu Ronalduda beshta "Oltin to‘p" mavjud. Yakshanba kuni Ibrohimovich jarohatidan tiklanib, maydonga qaytishi mumkin.
Zlatan IbragimovichOltin To'pMessi va RonaldduChempionlar LigasiKuchli FazilatlarDunyo Eng Yaxshi Futbolchi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar