1 778
Diyor Imomxo‘jayev: Eldor to‘ldiruvchi vazifasida, Yaxshiboyev esa murabbiy ko‘ziga ayni kerakli vaqtda ko‘rina oldi
O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev telegram kanalida legionerlarimizning kechagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi.
"Dam olish kuni xorijda o‘ynayotgan ikki hamyurtimiz uchun omadli keldi. Shomurodov va Yaxshiboyev foydali harakatlari bilan jamoalariga 3 ochko olib berishdi. Buning ahamiyatli jihatlariga to‘xtalamiz.
Joze Mourino asosiy tarkibda Abraxamga imkoniyat berayotganini bilasiz. Eldor asosan uni to‘ldiruvchi vazifasida ko‘rinyapti. "Sassuolo"ga qarshi bellashuvda esa Mourino biz kutayotgan ishga ko‘proq qo‘l urdi. O‘yin 1:1 vaqtida murabbiy o‘zgartirishlari orqali maydonda bir vaqtning o‘zida Abraxam, Shomurodov va El-Shaaravi triosiga imkoniyat bera boshladi. Tahminan 20 daqiqa bu uchlik birga to‘p tepdi, buning mevasi 91-daqiqada ko‘rindi: Eldordan ajoyib pas va Shaaravining goli. Kerak vaqtda Mourino barcha qurollarini birgalikda qo‘llaydi ham.
Jasur Yaxshiboyev yangi jamoasi "Sherif" safida va nihoyat ko‘rindi. O‘yin 0:0 bo‘lib turgan vaqtda u ikkinchi taym uchun maydonga chiqarildi: 1 ta golli uzatma va 1 ta gol. Eng ahamiyatlisi Yaxshiboyev murabbiy ko‘ziga ayni kerakli vaqtda ko‘rina olgani. Chunki "Sherif"ni Chempionlar ligasida zo‘r raqiblar kutyapti: "Shaxtyor", "Inter", "Real". Ajab emas biz Yaxshiboyevni 15 sentabr kuni "Shaxtyor"ga qarshi uchrashuvda jamoasining asosiy figuralaridan biri sifatida ko‘rsak", - deya yozib qoldirdi Imomxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi