2 314
Jaloliddinovning «Lokomotiv M» bilan shaxsiy shartnomasi Vadim Abramov tomonidan tuzib chiqilganmi?
Foto: O‘FA
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov murabbiylik faoliyati bilan bir vaqtda agentlik bilan shug‘ullangani borasida ham farazlar mavjud. Shunga qaramay, mutaxassis bu ayblovlarni keskin inkor qilib keladi.
Avvalroq «Bunyodkor» sobiq futbolchisi Jasur Jaloliddinov «Sports.uz» saytiga bergan intervyusida shunga shama qilib o‘tdi. Unga ko‘ra, Jaloliddinov Abramovga agentlar bilan shartnomasini bekor qilmoqchi ekanligi haqida aytgan. Biroq Abramov buning iloji yo‘qligini, aks holda futbolchi 1 million dollar tovon puli to‘lashi kerakligini aytgan. Ma’lum bo‘ladiki, Abramov agentlar bilan shartnoma shartlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lgan.
Shuningdek, «Bunyodkor» klubida faoliyat olib borgan mutaxassis Abror Imomxo‘jayev o‘zining Facebook sahifasida bu haqda post qoldirdi. Unda qayd etilishicha, Jaloliddinov bilan bog‘liq shartnomalar aynan Abramov tomonidan ishlab chiqilgan. Imomxo‘jayevning ta’kidlashicha, Jaloliddinovning «Lokomotiv M» bilan shaxsiy shartnomasi Abramov tomonidan tuzilgan va «Bunyodkor» ofisidagi kompyuterda terilgan. Mutaxassis pandemiya davrida futbolchini Moskvaga o‘z vaqtida jo‘nata olmagan klub ma’murini ishdan haydagani ham aytilgan.
Ma’lumot uchun, Vadim Abramov JCH—2022 saralashi 2-bosqichi 1-turidan keyin Ektor Kuperning o‘rnini egalladi. Uning qo‘l ostidagi jamoa guruhda Saudiya Arabistonidan keyingi o‘rinni egalladi, biroq bu hal qiluvchi bosqichga chiqish uchun kamlik qildi. Shu tariqa O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor mundial saralashining hal qiluvchi bosqichiga chiqa olmadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi