
Rossiya premer-ligasi vakili “Axmat” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Talalayev “Zenit” hujumchisi Sardor Azmunga A Seriya klublaridan jiddiy chorlovlar bo‘layotganiga munosabat bildirdi.
Rossiyalik mutaxassis jurnalistlarning eronlik hujumchiga A Seriya qanchalik mos kelishi haqidagi savoliga Shomurodov misolida javob berdi.
- Bunga Eldor Shomurodovni misol qilish mumkin. Gavdali va shu bilan birga tezkor hujumchilar hamma jamoaga kerak. Shomurodov “Roma”da o‘ynashni uddalayapti. Mening nazarimda, Sardor o‘yin borasida Eldordan ustun. Shuning uchun ham Azmun Italiyaning kuchliroq jamoasiga o‘tsa, o‘zini ko‘rsata oladi, - dedi Andrey Talalayev.
Eslatib o‘tamiz, Sardor Azmunni sobiq “paxtakorchi” Marat Kabayev kashf qilgan va uni “Rubin”ga olib kelgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar