
Litvada futzal bo‘yicha terma jamoalar ishtirokida jahon chempionati o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi joylashgan "V" guruhida 2-tur bahslari yakunlandi.
Bahodir Ahmedov shogirdlari musobaqa favoriti Rossiya bilan kuch sinashdi va 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Kvartetimizdagi ikkinchi o‘yinda Misr Gvatemalani taslim etdi - 6:3.
Ikkki turda zafar quchgan rossiyaliklar turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. Gvatemala va Misr undan keyingi pog‘onalarni band etgan. Terma jamoamiz esa hozircha, oxirgi bo‘lishiga qaramay 3-turda 3 ochko ishlasa, 2-o‘rin bilan pley-offga chiqishi mumkin.
Uchinchi turda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Misr bilan bellashadi. Gvatemala esa Rossiyaga to‘g‘ri keladi. Uchrashuvlar 18 sentabr sanasiga belgilangan va o‘yinlar bir xil - Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.
Quyida "V" guruhidagi 2-turdan keyingi vaziyat bilan tanishing:

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar