12:42 / 16.09.2021
1 935

Bugun Shomurodov SSKAga qarshi asosiy tarkibda tushishi kutilyapti

Bugun Shomurodov SSKAga qarshi asosiy tarkibda tushishi kutilyapti
Konferensiyalar ligasi guruh bosqichi ham boshlandi. Kecha 2 ta o‘yin o‘tkazildi, qolganlari bugun bo‘lib o‘tadi.

Joze Mourino boshchiligidagi "Roma" jamoasi o‘z maydonida Bolgariyaning SSKA klubini qabul qiladi. O‘yinoldi matbuot anjumanida Mourino hujum chizig‘ida Shomurodov va Al-Shaaravi tandemini asosiy tarkibda sinab ko‘rmoqchi ekanini aytgan.

Shuningdek, Angliyaning "Tottenxem" jamoasi Fransiyada "Renn" mehmoni bo‘lsa, "Bazel" "Qorabog‘"ga boradi.

15 sentabr
Makkabi (Tel-Aviv, Isroil) - Alashkert (Armaniston) - 4:1
Makkabi (Xayfa, Isroil) - Feyenoord (Niderlandiya) - 0:0

16 sentabr
Soat 21:45

Qayrat (Qozog‘iston) - Omoniya (Kipr)
XIK (Finlandiya) - LASK (Avstriya)
Flora (Estoniya) - Gent (Belgiya)
Slaviya (Chexiya) - Union Berlin (Germaniya)
Slovan (Slovakiya) - Kopengagen (Daniya)
Linkoln Red Imps (Gibraltar) - PAOK (Gretsiya)
Renn (Fransiya) - Tottenxem (Angliya)
Mura (Sloveniya) - Vitess (Niderlandiya)
Qorabog‘ (Ozarbayjon) - Bazel (Shveysariya)

Soat 00:00
Anortosis (Kipr) - Partizan (Serbiya)
Roma (Italiya) - SSKA (Sofiya, Bolgariya)
Bude-Glimt (Norvegiya) - Zarya (Ukraina)
Yablones (Chexiya) - CHFR (Ruminiya)
Ranners (Norvegiya) - AZ Alkmaar (Niderlandiya)

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun Shomurodov SSKAga qarshi asosiy tarkibda tushishi kutilyapti