Superliganing 18-turi doirasida "Surxon"ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra ishtirok etdi.
- Birinchi bo‘limda juda ham zo‘r o‘yin namoyish qildik, faqatgina gol yetishmadi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki 20 daqiqaligida ham zo‘r o‘yin ko‘rsatdik. Adolatli g‘alabaga erishdik, deb hisoblayman. Yigitlar g‘alaba uchun qattiq harakat qilishdi. Bu g‘alaba jamoada ishlayotgan barchaniki.
- So‘nggi uch yilda "Lokomotiv"da faqatgina ushbu mavsumda mazmunli o‘yin ko‘ryapmiz. Siz o‘z o‘yin uslubingizni to‘liqligicha singdirib bo‘ldingizmi?
- Futbolchilar ko‘p narsalarni o‘rganishdi. Hali ular o‘sish jarayonida. Ha, boshida qiynaldik. Mashg‘ulotlarda futbolchilarning o‘yin davomida vaziyatlarga qarab qaysi pozitsiyalarda o‘ynashi uqtirib boriladi. Bu narsa o‘z samarasini bermoqda.
- Aziz Amonov ko‘p gol urmoqda. Buning sababi markaziy hujumga ko‘chirilganimi yoki murabbiy ko‘rsatmasimi?
- Futbolchilarga individual sifat berishni yomon ko‘raman. Jamoa umumiy ko‘rinishda o‘sishga erishmoqda. Aziz ham jamoadagi boshqa futbolchilar kabi o‘smoqda. Shu sababli u terma jamoaga chaqirildi. Ko‘plab futbolchilarda o‘sishni ko‘ryapmiz. Bugun Igor Chikrizov ham maydonga tushdi.
- "Surxon" bosh murabbiyi Jasur Jaloliddinovni futboldan boshqa ishlarga chalg‘iyotgani sababli jismoniy holati yaxshi emasligini aytdi. Bu haqida nima deysiz?
- Har bir futbolchi bir xilda ishlashi kerak. Kimning tayyorgarligi yaxshi bo‘lsa, o‘shalar o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydi.
- Jamoada o‘sish katta. Umumiy fikrlar yuqori darajada. Biroq vaziyatlarni yakunlashda negadir futbolchilarning mahorati yetishmayapti.
- Fikringizga qo‘shilaman. Birinchi bo‘limda bunday vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa tushuntirishlar berildi va vaziyatlardan foydalandik.
- Jamoada Jasur Jaloliddinov hamda Temurxo‘ja Abduxoliqovda fikrlash yuqori darajada. Buni o‘stirish kerak.
- Tavsiya uchun rahmat. Bu borada ishlaymiz.
- Odatda biz Marat Bikmayevning zaxiradan maydonga tushishini ko‘rardik. Bu safar Igor Chikrizov maydonga tushirildi. Igorning tayyorgarligi Maratdan yaxshiroqmi?
- Barcha futbolchilar 100 foizga tayyor edi. Shunchaki men Igorga imkon berdim va uning o‘zini ko‘rsatishini istadim. Shu sababli har bir futbolchi o‘yinga tayyor turishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi