16:27 / 17.09.2021
2 187

Ravshan Eliboyev: “So‘nggi imkoniyatimizdan foydalanmoqchimiz”

Ravshan Eliboyev: “So‘nggi imkoniyatimizdan foydalanmoqchimiz”
Xabaringiz bor, Litvada futzal bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2-tur doirasida Rossiyaga qarshi maydonga tushib, 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdan so‘ng terma jamoamiz darvozasini ishonchli qo‘riqlagan Ravshan Eliboyev bilan suhbatlashdik.

- Avvalambor assalomu aleykum! Rossiyaga qarshi o‘yin haqida nima deyishim mumkin? Birinchidan tajribamiz kamlik qildi. Ikkinchidan, o‘yin avvalida bizda hayojon kuzatildi. Natijada jahonning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynagan bo‘lsak-da, raqib darvozasi oldida yetarlicha vaziyatga ega bo‘ldik. Afsuski imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Biz oxirigacha kurashdik. Lekin havfli vaziyatlarni golga aylantirishda tajribasizlik natijasida omadsizlikka uchradik.

- Rossiya terma jamoasi qaysi jihati bilan ajralib turdi?
- Bu terma jamoa bunday xalqaro musobaqalarda to‘p tepish bo‘yicha katta tajribaga ega. Shuningdek, ularda mahalliylashtirilgan legioner futbolchilar jamoaning o‘yinini yanada kuchaytirmoqda. Shu jihatlari bilan bizdan ustunlik qildi.

- Uchrashuv avvalida asosiy tarkibga kiritilishingizni kutganmidingiz?
- Yo‘q albatta. Asosiy tarkibda maydonga tushishimni eshitib juda xursand bo‘ldim. Shu o‘rinda terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir aka Ahmedovga minnatdorchilik bildiraman. Ular muhim bahsda menga ishonch bildirdi. Rossiyaga qarshi o‘yin orqali ancha tajriba orttirdim. Garchi o‘yin davomida bir nechta vaziyatlarda jamoani goldan qutqarib qolgan bo‘lsam-da, o‘z o‘yinimdan qoniqish hosil qilmadim.

- Misrga qarshi o‘yin oldidan muxlislarga nima deya olasiz?
- Misr jiddiy raqib ekanligini juda yaxshi bilamiz. Tailandda o‘tkazilgan musobaqada ularga qarshi o‘ynaganmiz. Garchi o‘sha uchrashuvda 4:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsak-da, raqib biz bilan tengma-teng o‘ynagandi. Misrga qarshi bahsda g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. So‘nggi imkoniyatimizdan foydalangan holda keyingi bosqichga yo‘llanma olmoqchimiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Eliboyev: “So‘nggi imkoniyatimizdan foydalanmoqchimiz”