22:13 / 19.09.2021
2 759

Baxtiyor Ashurmatov "Metallurg" maydonidagi g‘alabadan keyin uzr so‘radi, chunki...

Baxtiyor Ashurmatov "Metallurg" maydonidagi g‘alabadan keyin uzr so‘radi, chunki...
Superliganing 19-turida “Metallurg” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. Uchrashuvdan keyin qo‘qonliklar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Juda muhim o‘yin edi, olti ochkolik desak ham bo‘ladi. “Metallurg” bilan turnir jadvalida qo‘shni bo‘lib turgandik. “Metallurg” Jasur Abduraimov kelganidan keyin o‘yin uslubini o‘zgartirgan. Oxirgi o‘yinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrab turgandi. Ammo Andijondagi g‘alaba ularga qo‘shimcha kuch berdi. Raqibning hujumkor o‘yin ko‘rsatishini bilgan holda qarshi hujum taktikasida harakat qildik.

Qo‘qonda ishlayotganimdan beri “Metallurg” juda noqulay raqib. Ularga qarshi chempionat va Kubok o‘yinlarida yutqazgandik. Yigitlarga mana shunday noqulay raqib ustidan yutishimiz zarurligini aytib, ularni ruhlantirgandik. Bugun mag‘lubiyatga uchraganimizda turnir jadvalidagi ahvolimiz havotirli bo‘lib qolardi. Futbolchilarimiz yuqori o‘rinlarga munosib. G‘alabamizga yigitlarimizning jangovar o‘yini va oxirigacha kurashgani sabab bo‘ldi. “Metallurg” kamida durangga loyiq o‘yin ko‘rsatdi. Ayniqsa, Dilshod Rahmatullayev markazga tushganidan keyin jamoaning o‘yini kuchayib ketdi. Rahbariyat va muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman.

Himoyamizda muammolar bor. Xolmuhammedov, Merzlyakov va Mamatxo‘jayevdan foydalana olmayapmiz. Hujumda esa variantlarimiz bor. O‘tgan o‘yinda gol urgan Hojimirzayev va Meliyevni asosiy tarkibda tushirdik. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirishni xohlaganimiz sababli Norbekov bilan Abduhamidovni maydonga tushirdik. Bu o‘zini oqladi. Shoxnazarga yigitlar va murabbiylar nomidan minnatdorchilik bildiraman. Agar himoyani kuchaytirish kerak bo‘lsa, yana zaxiraga olinishga tayyorman deb o‘zi fikr bildirdi. O‘yin oxirida “Metallurg” markazda katta ustunlikka ega bo‘ldi. Shu bois Bekmurodovni maydonga tushirish orqali markazni kuchaytirishga harakat qildik.

Agar futbolchilarimiz o‘yin cho‘zish uchun harakat qilishgan bo‘lsa, uzr so‘ragan bo‘lardim. Bunday holatlar futbolimizga chiroy qo‘shmaydi. Lekin g‘alaba qozonayotgan jamoalar shunga majbur bo‘lishyapti. Bu holat boshqa takrorlanmaydi deb o‘ylayman. O‘tgan safar achinganimdan balki o‘yin vaqtini cho‘zish kerakmikin, deb gapirgandim. Lekin men buning tarafdori emasman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov "Metallurg" maydonidagi g‘alabadan keyin uzr so‘radi, chunki...