Italiya A Seriyasi 4-tur doirasidagi "Verona" – "Roma" bahsi yakunlandi. Mazkur uchrashuvda maydon egalari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 36-daqiqasida "bo‘rilar" sardori Lorenso chiroyli gol urib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi. Ikkinchi taymni "Verona" tezkor gol bilan boshladi. 49-daqiqada Barak hisobni tenglashtirdi.
Bahsning 54-daqiqada Kaprari mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 4 daqiqa o‘tib, Pellegrining uzatmasidan so‘ng Ilich o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Bellashuvning 63-daqiqasida Faraoni super gol urib, yana jamoasini oldinga olib chiqdi. Shu hisob, uchrashuv so‘nggiga qadar o‘zgarmay qoldi.
Legionerimiz Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, 66-daqiqada Mixitaryanga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi.
"Verona" "Roma" 3:2
Gollar: 0:1 – 36 Pellegrini, 1:1 – 49 Barak, 2:1 – 54 Kaprari, 2:2 – 58, avtogol Ilich, 3:2 – 63 Faraoni.
"Verona" – Montipo, Faraoni, Chekkerini (Manyani, 46), Gyunter, Davidovich, Lazovich (Kazale, 83), Bessa (Tamez, 65), Barak, Ilich, Kaprari (Ongla, 78), Simeone (Kalinich, 64).
"Roma" – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Smolling, 78), Manchini, Rojer, Kalafori (Mayoral, 78), Veretu (Karles Peres, 66), Kristante, Pellegrini, Dzanolo (El-Shaaravi, 65), Shomurodov (Mxitaryan, 65), Abraxam.
Ogohlantirishlar: Veretu (17), Faraoni (30), Barak (51), Kristante (71), Ongla (83), Kazale (86). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi
Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud?
Aleksandr Lukashenko: “Rossiyadagi saylov natijalari G‘arb aralashuvi ustidan g‘alaba qozondi”
Putinning navbatdagi olti yillik boshqaruvi Rossiya va dunyoga nima olib keladi?
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
103 yoshli italiyalik ayol haydovchi jarimaga tortildi
Putinning ishonchli vakiliga suiqasd qilishga urinish bo‘ldi