
The Sun nashrining xabariga ko‘ra, “Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa tarkibini tozalashni rejalashtirmoqda. Ular qishki transferlar vaqtida yangi xaridlarni amalga oshirmoqchi. Buning uchun asosiy tarkibning bir necha futbolchisidan voz kechiladi.
Manbaning ma’lum qilishicha, klub xo‘jayinlari Aleks Telles, Diogo Dalot, Antoni Marsyal, Erik Bayi, Fil Jons, Jessi Lingard va Donni van de Bekni sotib yuborishni istayapti. Bu futbolchilar orasida Ule-Gunnar Sulsherning ishonchini oqlab kelayotgan ijrochilar ham borligi rahbariyatni qiziqtirayotgani yo‘q.
Klub egalari jamoaga iste’dodli yoshlarni jalb qilib, uzoq muddat davomida ularning xizmatidan foydalanmoqchi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar