
“Paxtakor” klubi o‘tgan turda “Andijon” maydonida kutilmagan mag‘lubiyatga uchragach, endi o‘z uyida oxirgi o‘rinda borayotgan “Turon”ni qabul qiladi. “Paxtakor” to‘purari Dragan Cheran Sports.uz saytiga bo‘lajak o‘yin oldidan Andijondagi mag‘lubiyat haqida gapirdi.
- Mag‘lubiyat uchun sabab yo‘q. Bu shunchaki yuz berishi kerak edi. Sharoitlar haqida gapirmoqchi emasman. Bu mening ishim emas. Yigitlar maydonga chiqishdi va maksimum darajada borini berib o‘ynashdi.
Ammo “Andijon” bizni mag‘lub etdi. Bu bilan ularni tabriklayman. Raqib yaxshi himoyalandi va g‘alabaga munosib edi. Navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ketyapti, ammo hozir bu haqda gapirishni xohlamayman. Uchrashuvdan keyin gaplashishimiz mumkin, - deya javob qaytardi, Cheran. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar