Katta jang kutmoqda: Entoni Joshua – Aleksandr Usik

Katta jang kutmoqda: Entoni Joshua – Aleksandr Usik
WBA, IBF, WBO va IBO yo‘nalishlari chempioni Entoni Joshua (25 jang, 24 g‘alaba, 22 nokaut, 1 mag‘lubiyat) ukrainalik yengilmas bokschi Aleksandr Usik (18 jang, 18 g‘alaba, 13 nokaut) bilan jang o‘tkizadi.

London 2012 Olimpiadasining ikki chempioni (biri og‘ir vaznda, ikkinchisi -90 kg vaznda) bugun tunda yana Londonda o‘zaro to‘qnash keladi.
Kuni kecha «Matchroom Boxing» promouteri o‘tkazayotgan boks oqshomi uchun vazn o‘lchash va «face to face» marosimi o‘tkazildi.

Unda Aleksandr 100,2 kg, Entoni 108,8 kg tosh bosdi. Bo‘y borasida ham Joshua raqibidan 8 santimetrga baland.
Usik - Joshua jangi 25 sentabrdan 26 sentabrga o‘tar kechasi Londondagi «Tottenxem» futbol klubi stadionida bo‘lib o‘tadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar