23:05 / 26.09.2021
2 976

A Seriya. "Rim derbisi"da "Roma" mag‘lub bo‘ldi

A Seriya. "Rim derbisi"da "Roma" mag‘lub bo‘ldi
Italiya A Seriyasi 20-tur markaziy uchrashuvi yakunlandi. Rim derbisida maydon egalari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Andersonning uzatmasidan so‘ng Sergey-Milinkovich Savich hisobni ochishga erishdi. Oradan 9 daqiqa o‘tib, Pedro oradagi farqni yana bittaga oshirib qo‘ydi. Bo‘lim yakunlaniga yaqin Ibanes hisobni qisqartirdi.

Ikkinchi taymni Sarri shogirdlari faol boshladi. 61-daqiqada bu o‘z samarasini berdi. Immobilening pasidan so‘ng Anderson hisobni ishonchli ko‘rinishga kelirib qo‘ydi. "Bo‘rilar"ning bahsdagi ikkinchi golini Veretu penaltidan kiritdi.

Legionerimiz Eldor Shomurodov o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va 64-daqiqada Stefan El-Shaaravi o‘rniga tushdi.

Latsio – Roma 3:2
Gollar:
1:0 – 10 Milinkovich-Savich, 2:0 – 19 Pedro, 2:1 – 41 Rojer, 3:1 – 63 Felipe Anderson, 3:2 – 69, penalti Veretu.
Latsio – Reyna, Marushich, Acherbi, Luis Felipe, Xyusay, Leyva (Kataldi, 61), Luis Alberto (Akpa-Akpro, 66), Milinkovich-Savich, Pedro, Immobile (Muriki, 90), Felipe Anderson.
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Zalevski, 82), Manchini, Rojer, Vinya (Smolling, 82), Mxitaryan, Veretu, Kristante, Dzanolo (Karles Peres, 77), El-Shaaravi (Shomurodov, 64), Abraxam.
Ogohlantirishlar:Ruy Patrisiu (11), Leyva (24), Kristante (45), Vinya (48), Veretu (87), Kataldi (87).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. "Rim derbisi"da "Roma" mag‘lub bo‘ldi