O‘zbekiston MTJ oktabrda ikkita o‘yin o‘tkazadi

Foto: O‘FA matbuot xizmati
O‘zbekiston milliy jamoasining oktabr oyidagi FIFA kunlarida o‘tkazadigan o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
OFK kalendariga muvofiq, oktabr oyi avvalida milliy jamoalar uchun FIFA kunlari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston milliy jamoasi ushbu muddat mobaynida Iordaniya poytaxti Amman shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
Yig‘in davomida Srechko Katanets shogirdlari 9 oktabr kuni Malayziya, 12 oktabrda esa Iordaniya milliy jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi 5 sentabr kuni Katanets qo‘l ostidagi dastlabki bahsida Shvetsiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.

Izohlar 0
…