23:11 / 27.09.2021
2 841

"Nasaf"ning yirik hisobdagi g‘alabasidan keyin Ro‘ziqul Berdiyev qanday munosabat bildirdi?

"Nasaf"ning yirik hisobdagi g‘alabasidan keyin Ro‘ziqul Berdiyev qanday munosabat bildirdi?
“Nasaf” klubi o‘z maydonida “Bunyodkor”ni 5:0 hisobida tor-mor keltirdi. Mazkur uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bu g‘alaba barchamizni xursand qildi, muxlislarimizni tabriklayman. “Bunyodkor”ni o‘rgandik va qaysi joylarida bo‘sh hududlar bo‘lishini bilardik. Yigitlarga o‘sha chiziqlaridan tezkor harakatlanishni tayinladik. Futbolchilarimiz ko‘rsatmalarimizni yaxshi bajarishdi va yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirdik. Albatta, “Bunyodkor” jamoasini qanchalik kuchli ekanligini yaxshi bilamiz. Lekin bugungi o‘yinda ko‘rinib turgandiki, tayyorgarligimiz ancha yuqori edi. Shu bois ishonchli g‘alabaga erishdik.

Birinchi bo‘limda To‘rayevga ikkinchi sariq kartochka berish kerak deb asabiylashdim. Chunki o‘shanda rostdan sariq kartochkaga tortadigan vaziyat edi. Lekin hakamlarni bunday vaziyatlarda o‘z qarashi bor. Asosiysi, chiroyli g‘alabaga erishdik. Muxlislarni xursand qilganimizdan barchamiz mamnunmiz
, - deya fikrini yakunladi Ro‘ziqul Berdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf"ning yirik hisobdagi g‘alabasidan keyin Ro‘ziqul Berdiyev qanday munosabat bildirdi?