
Taniqli murabbiylardan biri Murod Ismoilov feysbukdagi sahifasida quyidagi mazmunda post qoldirdi.
"Assalomu alaykum, hurmatli agentlar, klublar mutasaddilari! Mana "Shomurodov va Yaxshiboyev effekti"ni ko‘rdik. Endi otning kallasidek narxni aytib, futbolchilarimizni tuzlab o‘tirishdan foyda yo‘q. Bizning ichki chempionatda o‘smaydi bolalar, me’yoriga yetganda ketishi kerak, chempionatimiz saviyasidan balandladimi – tezda jo‘natish kerak. Qancha iqtidorlar bor, tasavvur qiling, 15-20 nafar futbolchimiz yaxshi saviyadagi chempionatda o‘ynasa, nima bo‘ladi. Bugun uch-to‘rt so‘m kamroq olarsiz, lekin keyin hamma maza qiladi", – deb yozadi farg‘onalik murabbiy.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar