Superliganing 21-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘yin u qadar yuqori tempda kechgani yo‘q. Bunga bir qator sabablar bor. Masalan, uchrashuv soat 15:30da boshlangani. Balki shu ham qiyinchilik tug‘dirgandir. Asosiysi biz hisobni nazorat qildik va 1:0 hisobida g‘olib bo‘ldik. Birinchi taymda to‘pni nazorat qildik va pozitsion hujumlar qildik, ikkinchi taymda esa qarshi hujumda to‘p tepdik. Bu natijani saqlab qolish uchun qilingan ish edi. Raqibga deyarli imkoniyat bermadik va himoyada yaxshi o‘ynadik", - dedi Ro‘ziqul Berdiyev.
- O‘tgan tur "Bunyodkor"ga 5ta gol urdinglar, bugun esa "Mash’al"ga bitta. "Mash’al" hozir "Bunyodkor"dan kuchlimi?
- Yo‘q, yo‘q. Hamma o‘yinda ham 5ta gol ura olmaymiz. Bu futbol, qayerdadir pasayish bo‘ladi. "Bunyodkor" hujumkor o‘ynaydi, "Mash’al" himoyaviy. Shu bois savol noo‘rin bo‘ldi.
- Bugun sizni nima qoniqtirmadi?
- Hozir aytdim, uchrashuv juda barvaqt boshlandi. Biz asosan kechki salqinda o‘ynab kelayotgandik. Bundan tashqari maydon holati Qarshidagi maysadan farq qiladi. Shu bois texnik xatolarga ko‘p yo‘l qo‘ydik.
- Akmal Mozgovoy yaqin masofadan gol ura olmadi. Bunga munosabatiz qanday?
- Undan oldin Norchayevda ham imkoniyat bo‘lgandi. Mozgovoy esa hujumchi emas, unga texnik holat pand berdi.
- G‘olib G‘aybullayev kam maydonga tushmoqda. Bunga sabab nima?
- Uch haftalar oldin belidan jarohat olib mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi. Shu bois hozir to‘liq tayyor emas va zaxiradan asta-sekin imkoniyat berib boryapmiz. G‘olib bugun o‘z vazifasini yomon bajarmadi.
- "Nasaf"ning xalqaro maydondagi holatidan xursandmisiz?
- Albatta, biz yarim finalga chiqdik. O‘zbekiston sharafini himoya qilayapmiz va muxlislarimizni xursand qilishga intilamiz.
- Norchayevning jarohati haqida nima deya olasiz?
- O‘sha vaziyatda boshi bilan raqib bilan to‘qnashib ketdi, ikkinchi taymda almashtirmoqchi edim. Ammo o‘ynay olishini aytdi. Oxirgi o‘yinlardagidek sermahsullik kuzatilmadi. Bitta vaziyat bo‘ldi, undan foydalana olmadi. Lekin unga ishonishda davom etamiz. Bilasizlar terma jamoaga ham jalb etildi. Norchayev faqat hujumda o‘ynamaydi, balki katta ko‘lamdagi ishni bajaradi. U taktik tomonlama o‘sishga erishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi