19:08 / 02.10.2021
1 269

Ulug‘bek Baqoyev: "So‘g‘diyona" OCHLda o‘ynashga 100 foiz tayyor!"

Ulug‘bek Baqoyev: "So‘g‘diyona" OCHLda o‘ynashga 100 foiz tayyor!"
Superliganing 21-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "So‘g‘diyona" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirdi.
"Chempionat yakuniga yetib bormoqda, agar musobaqa jadvaliga qarasak "Andijon" uchun ham, biz uchun ham ochkolar kerak edi. Ikkala tomon ham tartibli o‘ynashga intildi. Albatta durang natija biz uchun yomon natija. Yigitlarga o‘yin uchun rahmat aytaman, "Andijon" jamoasiga keyingi bahslarda omad tilayman", - deydi Ulug‘bek Baqoyev.

- "So‘g‘diyona" ayni paytda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Ammo shunga qaramay klubni tanqid qilayotganlar ham bor. Ularga qanday munosabatdasiz?
- Hozir musobaqa jadvalining yuqorisida ham, pastida ham poyga juda jiddiy kechmoqda. O‘ylashimcha oxirgi turgacha jamoalar ko‘p ochko yo‘qotishadi, ammo bir narsani ayta olaman: "So‘g‘diyona" oxirigacha kurashadi. Xudo xohlasa "So‘g‘diyona" medallardan birini qo‘lga kiritadi.

- Bugun jamoa yetakchilari Norxonov va Hasanov maydonda yo‘qolib qolishdi. Ikkinchi taymda ular almashtirildi...
- Bu "Andijon" jamoasining xizmati deb o‘ylayman. Ammo shunga qaramay Norxonovda 1-2ta vaziyat bo‘ldi, o‘sha vaziyatlarda "Andijon" posboni yaxshi o‘ynadi. Shu bois bunda qo‘rqinchli hech nima yo‘q.

- Agar "So‘g‘diyona" ikkinchi o‘rinni saqlab qolsa OCHLda ishtirok etishi mumkin. Jamoa bunga tayyormi?
- 100 foiz tayyor! Barcha tomonlama tayyormiz. Ammo dastlab o‘sha yo‘llanmani qo‘lga kiritishimiz kerak, keyin bu haqda gaplashsak to‘g‘ri bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "So‘g‘diyona" OCHLda o‘ynashga 100 foiz tayyor!"