
Pro liganing 20-turidan o‘rin olgan "Nurafshon" - "Neftchi" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning 10-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Oybek Qilichev uzoq masofadan chap oyoqda darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi - 0:1. Bahsning 41-daqiqasida Qilichev bu safar o‘ng oyog‘ida darvozaning boshqa yuqori burchagini nishonga oldi - 0:2.
45-daqiqada San’at Shixov jarima to‘pidan ajoyib gol urdi - 1:2. Birinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda Akmal Shorahmedov Marko Obradovich bilan "devor" uslubida o‘ynab, jarima maydoni ichidan gol urdi - 1:3. 89-daqiqada Marko Obradovich hisobni yiriklashtirdi - 1:4.
O‘yin mana shu hisob bilan yakunlandi va "Neftchi" klubi uch yillik tanaffusdan keyin Superligaga qaytdi.
"Nurafshon" – "Neftchi" 1:4
Gollar: Oybek Qilichev 10, - 0:1. Oybek Qilichev 41, - 0:2. San’at Shixov 45, - 1:2. Akmal Shorahmedov 45+2, - 1:3. Marko Obradovich 89, - 1:4.
Golga aylanmagan penalti: San’at Shixov 67 (ustun).
"Nurafshon": 20.Sardor Qobuljonov, 6.Bobur Qosimov, 9.Davronbek Isoqov, 11.San’at Shixov, 16.Alisher Sanoyev, 19.Tohir Maladustov, 23.Behruz Shodmonov, 27.Sardor Izzatov, 34.Hakimxon Alamxonov, 65.Marko Milich, 77.Fayzullo Jumanqo‘ziyev.
"Neftchi": 45.Akbar To‘rayev, 2.Akmal Shorahmedov, 17.Abdulloh Olimov, 18.Shavkat Mullajonov, 21.A’zam Aliyev, 22.Umar Adhamzoda, 44.Darko Stanoyevich, 80.Aleksandr Yeshich, 90.Oybek Qilichev, 91.Marko Obradovich, 99.Ulug‘bek Hoshimov.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar