20:40 / 07.10.2021
1 353

O‘FA ham tasdiqladi: Usmon Toshev Aziz Haydarov o‘rnini egalladi

O‘FA ham tasdiqladi: Usmon Toshev Aziz Haydarov o‘rnini egalladi
O‘zbekistonlik taniqli mutaxassis Usmon Toshev O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining terma jamoalar bo‘limida ish boshladi. Bunga qadar u "Nurafshon" klubining bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Usmon Toshev FIFA instruktori sifatida katta tajribaga ega, u O‘zbekistonda eng birinchilardan bo‘lib Pro litsenziyaga ega bo‘lgan mutaxassis hisoblanadi.

U faoliyati davomida bir nechta klublarda, xususan, “Andijon”, “Nasaf”, “Mayvand”, “Tofan Harirod”da bosh murabbiy sifatida ishlagan. Shuningdek, 2006 yilda O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi, 2018 yilda O‘zbekiston U-17 jamoasi bosh murabbiyi, 2018-2021 yillar davomida Tojikiston terma jamoasining bosh murabbiyi lavozimlarida faoliyat olib borgan", – deya xabar berdi O‘FA matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA ham tasdiqladi: Usmon Toshev Aziz Haydarov o‘rnini egalladi