
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Millatlar ligasi doirasida Fransiyaga qarshi o‘yindan so‘ng (2:3) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Birinchi bo‘limni juda zo‘r o‘tkazdik. Biz oson va o‘zimizga ishongan holda o‘ynadik. Ikkinchi taymda esa balki final haqida ko‘p o‘ylab yubordik. Fransiyaga o‘yinni qaytib olishiga yo‘l qo‘yib berdik. Ularda hal qiluvchi golni urishga kuch yetdi.
Birinchi taymdagi ajoyib o‘yindan so‘ng 90-daqiqada mag‘lub bo‘lish ayanchli.
Italiyaga qarshi o‘yinda ruxiyatni namoyon etishimiz kerak. 13 oydan keyin jahon chempionati bo‘ladi. O‘z imkoniyatimizni ko‘rsatib beradigan har qanday vaziyatdan foydalanishimiz kerak", - dedi Martines.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar