11:00 / 09.10.2021
1 486

Vladimir Bubanya: "Noto‘g‘ri qilganimni tushunib yetdim, ammo endi kech"

Vladimir Bubanya: "Noto‘g‘ri qilganimni tushunib yetdim, ammo endi kech"
“Surxon”da ham so‘nggi paytlarda muammoli vaziyatlar tez-tez kuzatilyapti-a? O‘tgan yili serbiyalik legioner Vladimir Bubanya klubdan ketgandi.

O‘shanda ish haqlari bo‘yicha qandaydir nizolar kelib chiqqandi. Keyin tomonlar kelishib olishdi va Bubanya joriy mavsumda ham yana “Surxon”ga qaytishga qaror qildi. Endi esa serbiyalik futbolchi yana jamoada emas.

Termizliklar tarkibida 13 ta uchrashuvda maydonga tushgan himoyachi bir necha oy oldin klubni tark etdi. Sports.uz muxbiri bilan qisqacha muloqotda futbolchi quyidagilarni aytdi.

- O‘tgan yili “Surxon”dan mojaroli tarzda ketgandingiz. Bu safar ham yana o‘sha manzara takrorlanayotgandek. Aslida nima uchun qaytgandingiz?
- Ha, men o‘tgan yili jamoadan ketdim. Ular maoshlardan to‘planib qolgan qarzimni berishlari kerak edi. Ular eski qarzlarni qoplashdi. Shundan so‘ng, menga bundan keyin ushbu masalada muammo bo‘lmaslikni aytishgach, yangi shartnoma taklif qilishdi. Bu taklifni qabul qildm.

- Ikkinchi marta “Surxon”ga qaytib, to‘g‘ri qildim deb o‘ylayapsizmi?
- Hozir bunday yo‘l tutib noto‘g‘ri qilganimni tushunib yetdim, ammo endi kech.

- Klubda necha marta oylik maosh oldingiz?
- Bu yili faqat ikki marta maosh oldim xolos. Vaholanki, yil oxirlab boryapti.

- Nima deb o‘ylaysiz, “Surxon” Superligada qoladimi?
- Men o‘ylaymanki, jamoa Superligada qoladi.

- Keyingi rejalaringiz qanday?
- Hozir men Serbiyadaman, shu yerda o‘ynayapman. Yil oxiriga borib qanday takliflar bo‘lishini ko‘rib chiqmoqchiman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vladimir Bubanya: "Noto‘g‘ri qilganimni tushunib yetdim, ammo endi kech"