
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri bo‘lgan IBF sentabr oyi yakuni uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Mazkur yo‘nalishda bir nechta o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham o‘rin olgan.
Yarim o‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) IBF jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar hisoblangan Qudratillo Abduqahhorov 1-o‘rinda reytingni boshqarib kelmoqda.
Super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) Shohjahon Ergashev 4, Shahram G‘iyosov esa 10-o‘rindan joy olgan.
Birinchi yarim yengil vaznda (-55,3 kg) mazkur yo‘nalish jahon chempionlik kamari egasi Murodjon Ahmadaliyev reyting yuqorisida chempion pozitsiyasida ko‘rsatilgan. Boshqa hamyurtlarimiz reytingdan o‘rin olmagan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar