21:01 / 15.10.2021
1 960

U-23 Osiyo chempionatiga saralash O‘zbekistonda o‘tishi mumkin

U-23 Osiyo chempionatiga saralash O‘zbekistonda o‘tishi mumkin
Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev o‘zining telegram kanalida qiziq post qoldirdi. Gap shundaki, shu yilning 25-31 oktabr kunlari Quvaytda U-23 Osiyo chempionatiga saralash "D" guruhi o‘yinlari bo‘lib o‘tishi belgilab qo‘yilgan. Bu guruhda O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Bangladesh va Quvayt jamoalari o‘rin olgan.

Alisher Nikimbayevning "Futbolium" telegram kanalida shunday post chiqdi: "Quvayt futbol assotsiatsiyasi 23 yoshgacha Osiyo chempionati "D" guruhi o‘yinlarini qabul qila olmaydi. Shu bois OFK zudlik bilan yangi mezbon qidirmoqda va o‘yinlarni o‘tkazish taklifi bo‘yicha O‘zbekiston va Saudiya Arabistoniga chiqqan".

Bizga ma’lum bo‘lishicha, Timur Kapadze boshchiligidagi bo‘lajak O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining 22 oktabr kuni saralash bahslarida qatnashish uchun Quvaytga yo‘l olishi kutilgandi. Biroq Quvayt mezbonlikdan bosh tortgan bo‘lsa, safar bekor qilinadi va shunda katta ehtimol bilan o‘yinlar bizda yoki Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi.

Lekin OFK hozircha Quvayt mezbonlikdan bosh tortgani haqida rasmiy xabar bergani yo‘q. Biroq tashkilot tomonidan saralash bahslariga mezbonlik qilish bo‘yicha O‘FAga murojaat kelib tushgan va hozir bu borada ishlar olib borilmoqda. Agar O‘FA rozilik bersa, saralash uchrashuvlari bizda o‘tishi mumkin yoki Saudiya Arabistoni qabul qilishga tayyorligini bildirsa, unda Timur Kapadze jamoasi Saudiyaga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi U-23 Osiyo chempionati 2022 yilning 1-19 iyun kunlari O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

"D" guruhi saralash o‘yinlari taqvimi:
25 oktabr. Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston
25 oktabr. Bangladesh - Quvayt
28 oktabr. O‘zbekiston - Bangladesh
28 oktabr. Quvayt - Saudiya Arabistoni
31 oktabr. Saudiya Arabistoni - Bangladesh
31 oktabr. Quvayt - O‘zbekiston

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo chempionatiga saralash O‘zbekistonda o‘tishi mumkin